» » OAV: Rossiya AQShga bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikni taklif etgandi

OAV: Rossiya AQShga bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikni taklif etgandi


Rossiya AQShga bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik haqida kelishib olishni taklif etgandi, biroq Qo‘shma Shtatlar rasmiylari bundan voz kechdi. Bu haqda, AQSh ma’muriyatidagi uch manbaga tayanib, BuzzFeed portali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Portalga ko‘ra, aralashmaslik haqidagi g‘oya Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon bilan shu yil 17-iyuldagi muzokaralari davomida bildirildi.

Rossiya TIV vakili Amerika tomoniga Moskva va Vashington bir-birining ichki siyosatiga aralashishni to‘xtatishi haqidagi “dadil taklifni o‘z ichiga olgan hujjat”ni taqdim etdi.

Taklifni o‘rganib ko‘rib, Qo‘shma Shtatlar uni qabul etmaslikka qaror qildi. “Biz ‘sizlarga katta rahmat, biroq hozir buning mavridi emas’, deb aytdik”, dedi AQSh Davlat departamenti vakili.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют