» » GM Uzbekistan yanvar—noyabrda Rossiyada qariyb 13 mingta mashina sotdi

GM Uzbekistan yanvar—noyabrda Rossiyada qariyb 13 mingta mashina sotdi


GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2017-yilning yanvar—noyabrida Rossiyada 12,98 mingta Ravon avtomobilini sotdi, deb yozadi UzDaily Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan 2017-yilning noyabrida Rossiyada 1,83 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotgan.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2017-yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, 0,9 foizni tashkil qildi, 2016-yilning shu davrida esa ushbu ko‘rsatkich 0,8 foizga teng edi.

2017-yilning yanvar—noyabri natijalariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют