» » Toshkentdagi Gagarin ko‘chasi sayyohlik zonasiga aylantiriladi

Toshkentdagi Gagarin ko‘chasi sayyohlik zonasiga aylantiriladi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Chilonzor tuman hokimligi tuman ichida kichik sayyohlik klasterini yaratish ishlarini boshladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Yuriy Gagarin ko‘chasini maxsus sayyohlik ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilmoqda, u yerda sayyohlar xaridlarni amalga oshirishi, ovqatlanishi va ko‘ngil ochishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha doirasida brend do‘konlari, umumiy ovqatlanish muassasalari (mavzuli restoranlar, art-kafe, qahvaxonalar), esdalik sovg‘alar do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalari va boshqa obyektlarni ochish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ko‘chada kaptarlar maydoni bo‘ladi, u yerda aholi va sayyohlar kaptarlarga qo‘lda don berishi mumkin.

Ko‘chada doimiy ravishda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, shu jumladan, folklor ansambllar, baxshilar, dorbozlar chiqishlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shunga o‘xshash ishlarni Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimliklari bilan ham olib bormoqda.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют