» » Qirg‘izistonda Suriyada tayyorgarlikdan o‘tgan terrorchilik tashkiloti a’zosi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Suriyada tayyorgarlikdan o‘tgan terrorchilik tashkiloti a’zosi qo‘lga olindi


Qirg‘izistonda xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilarining yashirincha kirishga urinishlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan aksilterrorchilik faoliyati doirasida xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi qo‘lga olindi, deb yozadi “24.kg” Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi N.X. 6-dekabr kuni qo‘lga olingan.

U 2016-yilning noyabridan 2017-yilning sentabrigacha xalqaro terrorchilik tashkiloti safida bo‘lib, qo‘poruvchilik-terrorchilik tayyorgarligidan o‘tgan va Suriya hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda faol qatnashgan.

Xalqaro terrorchilik tashkiloti boshliqlari buyrug‘i bilan u yashirincha terrorchilik tashkilotini tuzish va Qirg‘izistondan Suriyaga jangarilarni yuborish kanallarini yaratish maqsadi bilan kelgan.

Ayni paytda milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Terrorchi tergov izolyatoriga joylashtirildi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют