» » Bugun Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi. UzReport’da jonli efir

Bugun Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi. UzReport’da jonli efir


11-dekabr kuni guruh bosqichlari yakuniga yetgan Yevropa Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasi turnirlarining pley-offiga qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzi jihatdan klublarning birinchi raqamli musobaqasi hisoblangan Chempionlar Ligasida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan jamoalar endi 16 ta qolgan. Ular o‘zaro 8 ta juftlik hosil qiladi.

Reglamentga ko‘ra, 1 ta guruhda ishtirok etgan jamoalar va 1 ta mamlakat vakillari 1/8 final bosqichida o‘zaro to‘qnash kelmaydi. O‘z guruhlarida 1-o‘rinni egallagan jamoalarga, albatta, guruhlarda 2-o‘rin bo‘lgan klublar raqib bo‘ladi.

Yevropa Ligasida esa jamoalar soni ko‘proq. Chempionlar Ligasi guruhlarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Yevropa Ligasiga yo‘l olgan jamoalar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 32 ta klub bor. Bu yerda ham reglament o‘sha-o‘sha: 1 ta mamlakat va 1 ta guruhda o‘ynagan klublar pley-offda o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

1-savat: “Arsenal” (Angliya), “Atalanta” (Italiya), “Atletik” (Ispaniya), “Atletiko” (Ispaniya), “Braga” (Portugaliya), “Viktoriya” (Chexiya), “Vilyarreal” (Ispaniya), “Dinamo Kiyev” (Ukraina), “Zaltsburg” (Avstriya), “Zenit” (Rossiya), “Latsio” (Italiya), “Leyptsig” (Germaniya), “Lokomotiv” (Rossiya), “Milan” (Italiya), “Sporting” (Portugaliya), “SSKA” (Rossiya).

2-savat: “AYEK” (Gretsiya), “Astana” (Qozog‘iston), “Borussiya Dortmund” (Germaniya), “Kopengagen” (Daniya), “Ludogorets” (Bolgariya), “Lion” (Fransiya), “Napoli” (Italiya), “Nitssa” (Fransiya), “Marsel” (Fransiya), “Partizan” (Serbiya), “Real Sosyedad” (Ispaniya), “Seltik” (Shotlandiya), “Spartak” (Rossiya), “Styaua” (Ruminiya), “Srvena Zvezda” (Serbiya), “Estersund” (Shvetsiya).

Chempionlar Ligasiga qur’a tashlash marosimi 16:00 da bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ligasining qur’asi esa 17:00 da start oladi. Mazkur marosimlar shu ikki musobaqani O‘zbekiston hududida namoyish qilib kelayotgan UzReport telekanali orqali jonli ko‘rsatiladi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют