» » Tramp AQShda yolg‘onchi OAV nazoratdan chiqib ketganligini ma’lum qildi

Tramp AQShda yolg‘onchi OAV nazoratdan chiqib ketganligini ma’lum qildi


AQShda yolg‘onchi mass-media nazoratdan chiqib ketdi va mamlakat obro‘siga zarar yetkazmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 10-dekabr, yakshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Joriy haftada yolg‘onchi OAV tomonidan chop etilgan qalbaki va obro‘sizlantiradigan xabarlar juda kam sonli munozaralarni keltirib chiqardi. Ular nazorat ostidan chiqib ketdi: axborotni to‘g‘ri yetkazish ular uchun hech narsa anglatmaydi. Yolg‘on ma’lumotni chop etishadi, keyin ularni rad etishga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi xabarda. Tramp bunday harakatlar Amerika obro‘siga dog‘ tushirishini ta’kidladi.

AQSh prezidenti avval ham bir necha marta Amerika OAVni tekshirilmagan ma’lumotni chop etishda ayblagan edi. Faqat shu oyning o‘zida Tramp kamida uch marta jurnalistlar yolg‘onini fosh qildi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют