» » Istanbulda Reina tungi klubidagi terakt ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Istanbulda Reina tungi klubidagi terakt ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi


11-dekabr kuni Istanbul jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 2016-yilning 31-dekabr kuni Reina tungi klubida yuz bergan terakt ishi bo‘yicha birinchi sud eshituvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 122 kishi, xususan 60 nafar xorijiy fuqaro jarohatlandi.

Sud eshituvida 57 kishi ishtirok etadi, ulardan 51 nafari, jumladan terakt ijrochisi Abdulqodir Masharipov ham sudlanuvchilar qatoridan joy olgan.

Tergov jarayoni Istanbul bosh prokuraturasi terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bo‘limi prokurori Gyokalpa Kekchu nazorati ostida olib borilgan. Hozirda 90 betli ayblov akti tayyorlangan.

Prokuratura Abdulqodir Masharipovni 40 yilga ozodlikdan mahrum etish va jazoni qat‘iy tartibda o‘tashga hukm qilishni talab qilmoqda.Tergov jarayonida Masharipov IShID terrorchilik tashkiloti faoliyatiga aloqador ekanligini va Reina’dagi hujumdan avval yana bir necha teraktda ishtirok etganini tan oldi.

Terrorchining ta‘kidlashicha, klubga hujum qilishdan maqsad xristianlardan o‘ch olish bo‘lgan.

“Men xristianlarga hujum qilib, ularning butun dunyo bo‘yicha olib borilayotgan kirdikorlari uchun o‘ch olmoqchi edim. Suriyalik Abu Jihod o‘zaro yozishmada menga Istanbulning Taksim maydonida hujum uyushtirishni buyurdi. Biroq, bu tumanda politsiya ko‘p bo‘lishi inobatga olinib, O‘rtako‘y tumanida xristianlarga hujum uyushtirish topshirildi”, — deydi u.

Masharipov Turkiyaning Van shahriga 2016-yilning yanvarida kelganini, keyinroq esa Istanbulga ko‘chib o‘tganini so‘zlab berdi.

“Men Suriyaga yo‘l olish uchun Istanbulda kutdim. U yerga rafiqam va bolalarim bilan ketishni rejalashtirgandim, biroq chegara yopiq edi. Tungi klubga hujum haqida gapiradigan bo‘lsam, men u yerga o‘lish uchun borgandim. Hujumdan so‘ng klubdan jabrlanuvchi sifatida chiqib, taksiga o‘tirdim va uyimga yashirindim”, — deydi terrorchi tergovga.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют