» » Zulfiya, Hamid Olimjon va G‘afur G‘ulom haykali yozuvchilar bog‘iga ko‘chirildi (foto)

Zulfiya, Hamid Olimjon va G‘afur G‘ulom haykali yozuvchilar bog‘iga ko‘chirildi (foto)


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Hamid Olimjon haykali, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan G‘afur G‘ulom haykali va O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yonidagi xiyobonda o‘rnatilgan Zulfiya haykali Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘idan o‘rin olgan Adiblar xiyoboniga ko‘chirildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Hamid Olimjon haykali (haykaltarosh — Yakov Shapiro) 1990-yilda, “Hamid Olimjon” metro bekati yonidagi maydonga o‘rnatilgan edi. U o‘zining turmush o‘rtog‘i — shoira Zulfiyaning haykali bilan birgalikda shahar markazidagi Adiblar xiyoboniga ko‘chirildi.

Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomli istirohat bog‘ida joylashgan yozuvchining haykali ham o‘z joyini “o‘zgartirdi”. U Adiblar xiyobonida Erkin Vohidov va Ozod Sharafiddinov haykallari o‘rtasiga o‘rnatiladi.

Haykallarning ko‘chirilishi haqida aprel oyida, O‘zbekiston Prezidentining “Adiblar xiyoboni”ni tashkil etish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng ma’lum bo‘lgandi.

Milliy bog‘dagi xiyobon hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosining ochilishi 15-dekabrga rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 15:00)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют