» » Fotogalereya: Kam xarajat qilib maroqli hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan mamlakatlar

Fotogalereya: Kam xarajat qilib maroqli hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan mamlakatlar


AdMe kam pul sarf qilib maroqli hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Yashash: 6 yevrodan xostellar, 11 yevrodan standart yashash joylari boshlanadi

Ovqatlanish: 3 yevrodan boshlanadi

Transport: 0,34 yevrodan boshlanadi

Ruminiya — bu ertak va haqiqiy hayot uyg‘unlashib ketgan mamlakat. Bu yerda Skerishoar g‘orini, ASTRA bog‘ini, Transfegerashk shossesini, Pelesh qasrini, shuningdek, loy vulqonlarni tomosha qilish mumkin.

Yashash: 4—9 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi

Transport: 2 yevrodan boshlanadi

“Millionlab fillar mamlakati” o‘zining ajoyib tabiati bilan mashhur. Bu yerda Bokeo junglilari bo‘ylab ekoturni amalga oshirish, daryolarda suzish va sharsharalarni tomosha qilish mumkin.

Yashash: 8—16 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 4 yevrodan boshlanadi

Transport: 1,85 yevrodan boshlanadi (avtobus)

Portugaliyada Madeyra oroliga tashrif buyurish, Altо-Dorо vinolaridan ta’tib ko‘rish, Pen qasrining yorqin kadrlarini tomosha qilish, shuningdek, Azor orollaridagi kitlar bilan tanishish mumkin.

Yashash: 7—15 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi

Transport: 0,51 yevrodan boshlanadi

Mehmondo‘st Bolgariya o‘zining Neserb, Sozopol, Rivera “Quyoshli qirg‘oq” kabi dengiz kurortlari bilan mashhur. Bu yerdagi Yettita Ril ko‘li, Belogradchik qoyalari, atirgullar vodiysi ko‘pchilikni hayratga soladi.

Yashash: 5—11 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi

Transport: 0,4 yevrodan boshlanadi

Peruning eng mashhur joyi — Machu-Pikchu. Inklar shahri juda chiroyli, biroq afsonaviy Titikaka ko‘li, ulkan Gokta sharsharasi, “abadiy bahor” shahri Arekipa, Amazonka junglilari ham go‘zallikda undan qolishmaydi.

Yashash: 7—10 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2,5 yevrodan boshlanadi

Transport: 1,14 yevrodan boshlanadi

Vengriya o‘zining go‘zal tabiati bilan boshqa Yevropa davlatlaridan qolishmaydi, biroq bu yerda turistlarni alohida bonus kutmoqda — arzon narxlar.

Yashash: 4—9 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 3 yevrodan boshlanadi

Transport: 0,34 yevrodan boshlanadi

Iliq iqlim, Oq plyaj va qadimiy Intramuros — bularning barchasi Filippinda.

Yashash: 3—8 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi

Transport: 0,36 yevrodan boshlanadi

Bali — mo‘jizalar maskani. Bu yerda kapalaklar bog‘ida aylanish, Tirta Ganga suv qasriga tashrif buyurish, Jatiluvi sholi maydonlarida aylanish va ajoyib plyajlarida maroq bilan hordiq chiqarish mumkin.

Yashash: 5—10 yevrodan boshlanadi

Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi

Transport: 1 yevrodan boshlanadi

Albaniya o‘zining Giroksatra shahri, Skadar ko‘li, Ksamil, Butrinti kabi kurortlari kabi sehrli joylari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют