» » Qozog‘istonda 200 nafar konchi shaxtani tark etishdan bosh tortdi

Qozog‘istonda 200 nafar konchi shaxtani tark etishdan bosh tortdi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Arselor Mittal Temirtau” tashkilotining 200 nafar konchisi ish vaqti tugaganidan so‘ng shaxtani tark etishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “RBK”.

Konchilar va tashkilot rahbariyati o‘rtasida kelib chiqqan tortishuv ishchilarning shunday qarorga kelishiga sabab bo‘lgan.

Tungi smenada ishlovchi konchilar yer tagida qolgan.

Xabarda qayd etilishicha, konchilar norozilik namoyishi boshlanishi haqida bir kun avval muzokara boshlagan. Ular tashkilot rahbariyatini o‘zlariga tegishli boshqa shaxtalarni ham qo‘llab-quvvatlashga chorlagan. Norozilik namoyishi hammasi bo‘lib to‘rtta shaxtani qamrab olgan.

“ ‘Arselor Mittal Temirtau’ aksionerlik jamiyati ko‘mir departamentining to‘rtta shaxtasi ishchilari guruhi smena tugaganidan so‘ng ish joyini tark etishdan bosh tortdi. Kompaniya rahbariyati va xodimlar manfaatlarini himoya qiluvchi ‘Qorg‘au’ ko‘mirchilar kasaba uyushmasi o‘rtasida mehnat qonunchiligi doirasida muloqot boshlandi. Qolgan shaxtalar shtat rejimi bo‘yicha ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют