» » Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi Orto-tokoy suv omboridan birgalikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqadi

Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi Orto-tokoy suv omboridan birgalikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqadi


Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 13-dekabrda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida kun mavzusi sifatida “Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida Jalolobod viloyatidagi joylashgan Orto-tokoy (Kosonsoy) suv omboridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish” masalasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar berdi KNews.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlarning ushbu masala yuzasidan savollariga Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida Orto-Tokoy suv omboridan foydalanish to‘g‘risidagi bitim joriy yilning 6-oktabrida, Qirg‘ziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning Toshkentga uyushtirgan tashrifi vaqtida imzolangan edi. Ushbu hujjatga muvofiq, suv omborini muhofaza qilish va boshqarish huquqi Qirg‘iziston tomoniga to‘liq o‘tdi. O‘zbekiston esa o‘z zimmasiga suv omborining ishlashini ta’minlash majburiyatini olgan.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют