» » Qonliko‘l tumanida 70—80 foiz jinoyatlar mastlik oqibatida sodir etilayotgani aniqlandi

Qonliko‘l tumanida 70—80 foiz jinoyatlar mastlik oqibatida sodir etilayotgani aniqlandi


Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimligida Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmi va hisobotlari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Majlis davomida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Qabulov 2017-yil boshidan sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilga taqqoslaganda kamayishiga erishilganiga qaramay o‘g‘rilik, pora berish, davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tish, nomusga tegish jinoyatlarining o‘sishiga yo‘l qo‘yilganligi haqida hisobot berdi.

Shuningdek, jinoyatlarning 70—80 foizi mastlik oqibatida sodir etilayotganligi tufayli har kuni ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda “Tinchlik” guruhi tomonidan tungi patrul otryadlari kuchaytirilib, fuqarolar ko‘p yig‘iladigan umumiy ovqatlanish va boshqa o‘rinlarda kechki soat 22:00 dan keyin ishlashining oldini olish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют