» » AQSh 10 yil ichida koinotga 3 ta yangi teleskop olib chiqishni rejalashtirmoqda

AQSh 10 yil ichida koinotga 3 ta yangi teleskop olib chiqishni rejalashtirmoqda


AQSh hayot uchun yaroqli sayyoralarni qidirish maqsadida yaqin 10 yil ichida koinotga uchta yangi teleskop olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NASA direktori yordamchisi Tomas Zurbuken ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“NASA o‘tgan yil yanvarida orbitaga 2030-yilda chiqarishi mo‘ljallangan kelgusi avlod koinot teleskopi konsepsiyasini ishlab chiqishga ham kirishdi. Shuningdek, 1990-yilda orbitaga yetkazilgan Hubble teleskopi kashfiyotlar taqdim qilishda davom etmoqda”, — dedi Zurbuken.

Hubble va boshqa teleskoplardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, NASA ekspertlari Quyosh tizimi joylashgan Somon yo‘li galaktikasining o‘zida o‘lchami Yer bilan o‘xshash kamida 11 milliard sayyora borligini taxmin qilgandi.

1995-yildan beri hayot ehtimoli bo‘lgan 3,5 ming ekzosayyora va 4 mingga yaqin bunga “nomzod” mavjudligi tasdiqlandi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют