» » “San’at” guruhining “Qaynona” filmi qo‘shig‘iga ishlagan klipi ozarbayjonliklar e’tiboriga tushdi (video)

“San’at” guruhining “Qaynona” filmi qo‘shig‘iga ishlagan klipi ozarbayjonliklar e’tiboriga tushdi (video)


O‘zbekistonning “San’at” musiqiy guruhi taniqli Ozarbayjon filmi — “Qaynona”dan olingan qo‘shiqqa ishlagan klipini taqdim etdi, deb yozadi Ozarbayjonning “Day.az” nashri. Yumorga boy klip syujetida komediyali film lavhalaridan ham foydalanilgan.

“Ozarbayjonning ‘Qaynona’ filmi O‘zbekistonda taniqli va ommabop, u o‘zbek tiliga dublyaj qilingan va mahalliy televideniye orqali tez-tez efirga uzatiladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, “San’at” guruhi avval ham Ozarbayjon musiqasidan foydalangani tilga olingan. Guruh 2015-yil yozida “Arshin mol olan” operettasidagi qo‘shiq asosida “Dengi yest” klipini chiqarganligi, xonanda Shahzoda esa o‘z klipida “Qaynona” filmi syujetidan foydalanganligi aytib o‘tilgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 08:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют