» » O‘zbekistonda 2018-yili soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda 2018-yili soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda


Vazirlar Mahkamasida O‘zbekistonining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Majlis ishtirokchilari tomonidan 2018-yilga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Unda soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan:

Foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini birlashtirish orqali umumiy bazaviy stavkani 15,5 foizdan 14,5 foizgacha kamaytirish;

Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalarni yagona to‘lovga — davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarga birlashtirish orqali umumiy stavkani 3,5 foizdan 3,2 foizgacha kamaytirish, bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida qariyb 411 milliard so‘m mablag‘ qoldirish imkonini berishi;

Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish va bu fuqarolarning jamg‘armalarini umuman 450 milliard so‘mdan ko‘proqqa oshirish;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqning aholi tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan stavkasini o‘rtacha 30 foizga pasaytirish;

Hududlar xususiyatlari va faoliyat ko‘rsatish joyi hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliqlar bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 0,7-1,3 gacha kamaytiruvchi va ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqini berish nazarda tutilmoqda.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют