» » Samsung Galaxy A8+ (2018): ilk “jonli” video paydo bo‘ldi (video)

Samsung Galaxy A8+ (2018): ilk “jonli” video paydo bo‘ldi (video)


Yaqin haftalar ichida Samsung Galaxy A lineykasidagi ikkita yangi smartfon taqdim etilishi kutilmoqda, ammo A8+ (A8 ning kattalashtirilgan versiyasi)ni “jonli” videoda barcha detallari bilan birga hoziroq tomosha qilish mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Samsung ushbu romsiz arzon smartfonni hali rasman namoyish etmagan bo‘lsa-da, Galaxy A+ (2018) 3 daqiqali videoda namoyon bo‘ldi, unda qurilmani har tomondan tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, video muallifi smartfonning barcha xususiyatlarini oshkor qildi.

Qurilma 6 dyuymli va 2220?1080 pikselli AMOLED full HD Infinity ekrani, Samsung Exynos 7885 protsessori, 6 Gb tezkor va 64 / 256 Gb doimiy xotira, 16 megaikselli asosiy hamda 16 va 8 megapikselli qo‘sh old kamera, 3500 mA/soat sig‘imli akkumulyator (tezkor zaryad olish funksiyasi bor)ga ega bo‘ladi.

Smartfon suv va changdan himoya bo‘yicha IP68 sertifikatini oldi. Unda barmoq izi datchigi orqa panelda joylashgan.

Xabarlarga ko‘ra, Galaxy A+ (2018) dekabr oxiridayoq ko‘pchilik mamlakatlarda sotuvga chiqadi, uning narxi 600 dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют