» » BMT: O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017-yilda 6,5 foizga o‘sadi

BMT: O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017-yilda 6,5 foizga o‘sadi


O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2017-yilda 6,5 foizga o‘sadi. Bu haqda BMTning “2018-yil uchun jahon iqtisodiy holati va istiqbollari” ma’ruzasida aytiladi, deb yozadi UzDaily.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-yilda 6,4 foiga o‘sadi. O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2019-yilda 6,1 foizni tashkil etadi.

BMT ekspertlari prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iste’mol narxlari inflyatsiyasi 2017-yilda 10,5 foizni (2016-yilda 9 foiz edi), 2018-yilda 8,1 foizni, 2019-yilda 7,6 foizni tashkil etadi.

Ma’ruza mualliflari yozishicha, MDH hududida iqtisodiy faoliyat kuchayadi. Rossiya Federatsiyasida o‘sishning qayta tiklanishi, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda iqtisodiyotning jonlanishi kuzatilmoqda. Shuningdek, retsessiyadan Belarus ham chiqdi, deyiladi hisobotda.

Mintaqa YaIM o‘sishi 2017-yilda 2,2 foizga teng bo‘lishi aytilmoqda. 2018 va 2019-yillarda o‘sish sur’ati tezlashib, tegishli ravishda 2,3 va 2,4 foizni tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют