» » Ukraina bosh prokuraturasi Saakashvilini hibsdan ozod etish haqidagi sud qarori ustidan shikoyat arizasi beradi

Ukraina bosh prokuraturasi Saakashvilini hibsdan ozod etish haqidagi sud qarori ustidan shikoyat arizasi beradi


Ukraina bosh prokuraturasi Kiyevning Pecherskiy tuman sudining Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini tergov vaqtida hibsdan ozod etish qarori ustidan shikoyat arizasi beradi, deb yozadi “TASS” bosh prokuror Yuriy Lutsenkoga tayanib.

“Biz barcha dalillarni sudga topshirdik, shunga qaramay, sudya uni qo‘yib yuboryapti. Men hislarimni tiyib turaman, ammo biz apellyatsiya beramiz”, — dedi u ICTV kanali dasturida.

Lutsenkoning so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuratura “bu yerga olib kelinib, hukumatga talatiladigan badbaxt odamlarni sotib olish bo‘yicha siyosiy shouga yuz minglab dollar berilgani, shuningdek, Saakashvilining biznesmen Kurchenko bilan suhbati aks etgan plyonkalar va videolar haqiqiy ekanligini” isbotlashga tayyor.

Avvalroq Kiyevning Pecherskiy tumani sudi Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini uy qamog‘iga joylashtirishni rad etdi. Shu tariqa, ayblov tomonining talabi to‘liq inkor qilindi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют