» » Toshkent viloyatida gazdan zaharlanishning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Toshkent viloyatida gazdan zaharlanishning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi


10-dekabr kuni Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Toshkent tumani hokimligida “2017—2018-yillar qish mavsumida aholini tabiiy va is gazidan zaharlanishini oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligi ostida 52 nafar harbiy xizmatchi va qutqaruvchilar, “Toshkentgaz” filialidan 68 nafar, Toshkent tumani IIB YOXBdan 50 nafar, Ma’muriy ijro byurosidan 68 nafar, Yоng‘inga qarshi kurash jamiyatidan 12 nafar, shuningdek, tumandagi 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan so‘ng, barcha ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda tumandagi mahallalarda uyma-uy yurib xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i mahsulotlari, isitish va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Kun davomida tumandagi 2977 ta aholi xonadonlarida 10315 nafar fuqarolar bilan “Is gazi, ovqatdan zaharlanish hamda quturish kasalligini oldini olish” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi hamda aholiga 10258 ta eslatma va bukletlar tarqatildi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют