» » Fotogalereya: BMW M5’ning noyob suratlari

Fotogalereya: BMW M5’ning noyob suratlari


“Motor” BMW M5’ning oltinchi avlodiga qadar ishlab chiqarilgan uning qimmatbaho ajdodlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

BMW M535i (E12)

M5 uchun birinchi “rasmiy” mashina E28 kuzovi bo‘lganiga qaramay, BMW supersedani uchun 1979-yildagi BMW M535i (E12) asos bo‘lib xizmat qilgan. Agarda uning nomiga e’tibor berilmasa, u to‘laqonli M-mobil hisoblanadi. Unga 218 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatel o‘rnatilgan.

Orginal M535i BBS-Mahle g‘ildirak disklari va “dakteyl” qora spoylerlari bilan jihozlangan, ichki qismidagi Recaro o‘rindiqlari va BMW M1 ruli odamning kayfiyatini ko‘taradi. Modelning 3066 nusxasi qo‘lda yig‘ilgan bo‘lib, 1985-yilda birinchi M5 paydo bo‘lgach, uni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

BMW M5 Naghi Motors Edition (E34)

Saudiya Arabistonining Naghi Motors dileri BMW avtokonserniga alohida seriyali 15 ta avtomobilga buyurtma bergan bo‘lib, u Naghi Motors Edition deya nomlangan. U M5 bazasida yaratilgan, biroq Amerikaning BMW M3 Lightweight (E36) modelining analogi hisoblanga: rangi ham, kapotining burchagi ham va cheklangan tiraji ham.

Lightweight’dan farqli o‘laroq Naghi Motors Edition’ning dvigatellarida katalizatorlar bo‘lmagan va standart 3,6 litrli S38B36 motori yordamida 318 ot kuchiga ega bo‘la olgan. Ushbu modeldagi barcha 15 ta mashinasi 1992-yilning mart-aprel oylarida ishlab chiqarilgan.

BMW M5 Dinan Edition (E39)

Dinan BMW uchun tyuning vositalarini ishlab chiqaradi va rasmiy dilerlik tarmog‘i orqali sotib, zavod kafolatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Dinan’dan mashina buyurtma qilish uchun shunchaki avtosalonga borishning o‘zi kifoya qilgan. Morgan-Xill mutaxassislari BMW M5 uchun E39 kuzovidagi mashinani tayyorlab bergan.

Yangi tizim sababli dvigatel quvvati 470 kuchiga qadar chiqqan. Soatiga yuz kilometr tezlikka erishish uchun esa unga 4,7 soniya kifoya qilgan. Tormoz tizimi ham Brembo’ning samarali vositalari yordamida yaxshilangan. Dinan Editon avtomobillari nechta nusxada chiqarilgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

BMW M5 CSL (E60)

BMW M5’ning 25 yillik yubileyi munosabati bilan 2009-yilda Motorsport bo‘linmasi tomonidan alohida M5 (CSL) versiyasi yaratilgan. U sotuvga chiqmagan va yagona nusxada. M5 odatdagi modeldan 50 kilogrammga yengilroq bo‘lgan, bunga sabab uning tomi karbondan ishlangan.

Nyurburgring Shimoliy halqasini CSL 7 daqiqayu 50 soniyada bosib o‘tgan.

Unga o‘rnatilgan 5,5 litr sig‘imga ega dvigatelning quvvati 580 ot kuchiga teng. Sovutish tizimini yaxshilash maqsadida raqam belgisi o‘rnashadigan joyda qo‘shimcha tirqish ochilgan.

BMW M5 US-Spec (F10)

Bu turdagi modeldan 577 nusxada ishlab chiqarilgan va u Amerika bozori uchun “mexanik boshqariladigan” M5 modelining so‘nggisiga aylangan.

Unga ham Amerikaning BMW 550i’sidagi kabi olti pog‘onali uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

BMW M5 30 Jahre (F10)

BMW avtokonserni M5 modelining 30 yillik yubileyida 300 nusxada M5 30 Jahre sedanini ishlab chiqargan. Unga 20 dyuymli g‘ildirak disklar o‘rnatilgan, ichi esa charm o‘rindiqlar bilan bezatilgan.

Bundan tashqari maxsus versiyaga Competition paketi, shuningdek, 600 kuchga ega dvigatel o‘rnatilgan. U 100 kilometr/soat tezlikka 3,9 soniyada chiqa olgan.

BMW M5 Convertible (E34)

Zavod sharoitida ishlab chiqarilgan eng nostandart BMW M5. M5 kabrioletining premyerasi 1989-yilda Jeneva avtosalonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, biroq ko‘rgazmaga bir necha kun qolganida rahbariyat loyihani bekor qilgan. Natijada BMW M5 Convertible’ning yagona nusxasi qurilgan va u hozirda BMW muzeyida saqlanadi.

Model 315 ot kuchiga ega 3,6 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan boshqariladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют