» » Farg‘onada imomlar jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tushuntirishlar olib bormoqda

Farg‘onada imomlar jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tushuntirishlar olib bormoqda


Farg‘ona viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida imom-xatiblar ishtirokida qator ishlar yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati vakilligi sayti.

2017-yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida oddiygina maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.

Ayni vaqtda Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar joylardagi hokimlik, huquq-tartibot idoralari, mahalla va barcha jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda uyma-uy yurgan holda aholi muammolarini o‘rganib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazmoqda.

Imom-xatiblar bugungi kunda oilaviy ajrimlar, er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida uchrab turgan salbiy holatlar aslida millat sha’ni va islom dini ta’limotlariga munosib emasligi haqida ham to‘xtalib, oyat-u hadislar va jonli misollar yordamida tushuntirishlar olib borilayotgani ta’kidlanadi xabarda.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют