» » Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yangi masjid ochildi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yangi masjid ochildi


8-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida “Tolli ota” jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan masjidda shukrona dasturxoni yozildi. Ushbu tadbirda diniy idora masjidlar bo‘limi mas’ul xodimi Is’hoqjon Begmatov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfiddinov, viloyatdagi mutasaddilar va ko‘plab namozxonlar ishtirok etdi.

Tadbirda Is’hoqjon Begmatov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yillik to‘yi va “Tolli ota” jome masjidi ochilishi bilan tabriklab, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning masjid qavmiga salom va tabrigini yetkazdi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют