» » Los-anjeleslik bloger uyiga kirib qolgan chigirtka uchun “bir kechalik mehmonxona” qurdi

Los-anjeleslik bloger uyiga kirib qolgan chigirtka uchun “bir kechalik mehmonxona” qurdi


Los-Anjelesda salkam bir million obunachiga ega Garrett Uotts ismli videobloger yashaydi. Yigitcha o‘zining YouTube’dagi roliklari bilan emas, balki Twitter’dagi posti bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi, deb xabar berdi Afisha Daily.

2017-yilning 7-dekabr sanasida Garrett o‘z kvartirasining eshigini ochgan. Tashqari sovuq bo‘lganligi hamda shamol esganligi sabab blogerning xonadoniga chigirtka kirib qolgan. Uotts “mehmon”ni haydash o‘rniga bo‘sh akvarium topib, hasharot uchun “mehmonxona” yasagan. Shuningdek, bloger u yerga Shveysariya pishlog‘ini, tuzlangan bodring bo‘lagini, suv solingan idishni va Frenk Oushenning qo‘shiqlari ijro etilayotgan naushnikni joylashtirgan. Muzlab qolgan chigirtkani isitish uchun uning yoniga sham yoqib qo‘ygan.

Ertasi kuniga havo iligach, Uotts chigirtkani qo‘yib yuborgan. Bloger o‘z postining ostiga hasharotga hech nima qilmaganiga umid qilishini izoh sifatida yozib qoldirgan. Bir narsa aniqki, chigirtkaga nima bo‘lganida ham, u Frenk Oushenning qo‘shiqlarini eshitmagan, chunki AirPods naushniklari quloqdan olingach, u avtomatik tarzda o‘chadi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют