» » Janubiy Koreya AQShdan qishki Olimpiada—2018 vaqtida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishni so‘radi

Janubiy Koreya AQShdan qishki Olimpiada—2018 vaqtida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishni so‘radi


Janubiy Koreya AQShdan 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlari vaqtida qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslikni so‘radi, bu orqali ular Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshiriladigan provokatsiyani kamaytirish niyatida. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Nashr suhbatdoshining ma’lumotlariga ko‘ra, Seul AQSh bilan amalga oshiriladigan an’anaviy bahorgi o‘quv mashg‘ulotlarini keyingi yilning 18-martida yakunlanadigan Paralimpiada o‘yinlari oxiriga qadar o‘tkazmaslik niyatida. AQSh ushbu taklifni ma’qullashi ehtimolga yaqin.

Janubiy Koreya KXDR tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalardan tashqari, Koreya yarimorolidagi vaziyat Olimpiada va Paralimpiada chiptalariga ta’sir ko‘rsatishidan xavfsiramoqda.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘uloti haqida hozircha qaror qabul qilinmagan. Pentagon va AQSh milliy xavfsizlik kengashi vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. AQSh qurolli kuchlarining Tinch okeanidagi qo‘mondonligi vakili Deyv Benxamning aytishicha, AQSh va Janubiy Koreya “Key Resolve va Foal Eagle o‘quv mashg‘ulotlari istiqbolini muhokama qilishni” davom ettirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya bu taklifni mamlakat prezidenti Mun Chje Inning Xitoyga tashrifi arafasida ilgari surgan. Nashning ta’kidlashicha, bunga xitoylik turistlarning uyushgan guruhlarini Janubiy Koreyaga tashrifi taqiqlanganligi sabab bo‘lishi mumkin. Taqiq joriy yilning mart oyidan buyon, Amerikaning PRO tizimlari atrofida yuzaga kelgan baxslar sabab yuzga kelgan. Seul o‘z hududida ushbu tizimlarni joylashtirishga ruxsat bergan edi.

Shu sababli o‘quv mashg‘ulotlarini ko‘chirish orqali “janub” Pekin bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Qishki Olimpiada o‘yinlari 9—25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida, Paralimpiada esa 9—18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют