» » Turkmaniston va Afg‘oniston chegarasida 300 nafar jangari tayyorgarlik o‘tamoqda

Turkmaniston va Afg‘oniston chegarasida 300 nafar jangari tayyorgarlik o‘tamoqda


Afg‘onistonning Juzjon viloyati Darzob tumanida, Turkmaniston chegarasiga yaqin hududda IShID tomonidan yollangan 300 ga yaqin yosh jangari tayyorgarlik o‘tamoqda. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, EADaily xabar bermoqda.

Tuman rahbari Boz Muhammad Davor Mo‘g‘ul qishlog‘ida terrorchilarning yetakchilari katta yig‘ilish o‘tkazib, ko‘plab yangi jangarilar yollaganini ma’lum qildi.

Davorning ma’lumotiga qaraganda, IShID asosan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni yollab, ularga 30–40 ming afg‘oniy (434–580 dollar) oylik maosh to‘laydi. Mashg‘ulotlardan so‘ng ular Afg‘oniston harbiylariga qarshi kurashga yo‘llanadi.

Darzob tumani Juzjon markazi Shibirg‘ondan 105 kilometr narida joylashgan. Viloyat hududining katta qismi IShID nazorati ostida.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют