» » Merriam-Webster lug‘ati “feminizm”ni yil so‘zi deb topdi

Merriam-Webster lug‘ati “feminizm”ni yil so‘zi deb topdi


AQShning Merriam-Webster “feminizm” so‘zini 2017-yil so‘zi deb tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Lug‘at saytida qayd etilishicha, “feminizm” so‘zi bu yili so‘rovlar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

Ilk bor yanvar oyida “Ayollar marshi” uyushtirilganda bu so‘z birinchi marta mashhur bo‘ldi. Ikkinchi safar AQSh prezidenti maslahatchisi Kellienn Konuey feminizmga aloqador emasligini aytganidan so‘ng bu so‘z jamoatchilik e’tiborini tortdi. “Mo‘jizakor ayol” filmi katta ekranlarga chiqqanidan keyin ham feminizmga bo‘lgan qiziqish o‘sgani kuzatildi. Ammo asosiy omil Gollivudda avj olgan tegajog‘liq bilan bog‘liq mojaro bo‘ldi.

Eng mashhur so‘zlar o‘nligiga, shuningdek, Tramp ma’muriyati ko‘p qo‘llagan complicit (“aralashuv”), recuse (“voz kechish”), empathy (“empatiya”), syzygy (“sizigiya” — Quyosh tizimi doirasidagi uch va undan ortiq astoronomik jismlarning bir chiziqqa tizilishi), gaffe (“kichik xato”) so‘zlari kirdi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют