» » Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili Norvegiyada Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muloqot guruhi majlisida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili Norvegiyada Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muloqot guruhi majlisida ishtirok etdi


12-dekabr kuni Norvegiyaning Oslo shahrida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muloqot guruhining (XMG) navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Norvegiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ellikka yaqin davlat va xalqaro tashkilot vakillari tomonidan Afg‘onistondagi mojarolarni hal qilishning holati va istiqbollari, mustahkam va uzoq muddatda tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha mavqe hamda 4–6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘anining mamlakatga rasmiy tashrifi natijalari to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilarini xabardor qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari nutqida Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida va 10-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuyidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan dasturiy nutqlarining asosiy qismlariga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish, jumladan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni, transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yordam berish uchun sa’y-harakatini bundan keyin ham davom ettiradi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют