» » Kiyevda ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ saqlagan kishi qo‘lga olindi

Kiyevda ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ saqlagan kishi qo‘lga olindi


Ukrainaning Kiyev shahridagi Dnepropetrovsk tumanida yashovchi erkak uyining ostida o‘q-dori va qurol-yarog‘ saqlagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Kiyev politsiyasi xabar berdi.

Qurol ombori haqida politsiya tomonidan hujjatlari tekshirilgan ikki nafar mahalliy aholi vakili xabar bergan. Ularning xo‘jalik sumkasi politsiya xodimlarini shubhalantirgan va ular tekshiruv uchun to‘xtatilgan. Sumkada oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan. O‘z navbatida, mazkur kishilar ularning balkoni ostida qurol ombori joylashganini ma’lum qilgan.

Ko‘rsatilgan joydan o‘q-dorilar topilgan. Omborning egasi esa mazkur uyda yashovchi 42 yoshli erkak bo‘lib chiqqan. Erkak qurolni o‘z xavfsizligi uchun saqlaganini, o‘q-dorilarni esa topib olganini va politsiyaga topshirmoqchi bo‘lganini, biroq bunga ulgurmaganini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют