APL. “Byornli” navbatdagi g‘alabasi bilan “Liverpul”, “Arsenal” va “Tottenhem”dan ilgarilab ketdi
Kecha — 12-dekabr kuni Angliya Premyer-Ligasida 17-tur bellashuvlari start oldi va uning doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Chempionlar Ligasida “Barselona” bilan raqib bo‘lib qolgan Londonning “Chelsi” klubi o‘tgan tur “Vest Hem”dan mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Bu safar Antonio Konte jamoasi “Xaddersfild” maydonida 3 ochko ishlab oldi. Shu tariqa “aristokratlar” ochkolar soni bo‘yicha “Yunayted” bilan tenglashib oldi.
Shon Daych murabbiyligidagi “Byornli” mazkur turda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritib, APL jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa jamoa uch yetakchi: “Liverpul”, “Arsenal” va “Tottenhem”dan ilgarilab ketdi.
“Byornli” chempionatni “Chelsi” maydonidagi g‘alaba bilan boshlagan bo‘lib, keyinchalik “Tottenhem” va “Liverpul” maydonida 1 ochko olishning uddasidan chiqqandi. Daych jamoasini hozircha “Vest Bromvich”, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Lester” klublarigina mag‘lub eta olgan.
Angliya Premyer-Ligasi
17-tur bellashuvlari
12-dekabr, seshanba
Gol: Eshli Barns, 89 (1:0).
Gollar: Tyemua Bakayoko, 23 (0:1). Villian, 43 (0:2). Pedro, 50 (0:3). Loran Depuatr, 92+ (1:3).
Gollar: Deril Yanmat, 3 (0:1). Bakari Sako, 89 (1:1). Jeyms Makartur, 92+ (2:1).
Chetlatish: Tom Kleverli, 87 (U).
13-dekabr, chorshanba
“Suonsi” — “Manchester Siti” 00:45
“Sautgempton” — “Lester” 00:45
“Nyukasl” — “Everton” 00:45
“Manchester Yunayted” — “Bornmut” 01:00
“Vest Hem” — “Arsenal” 01:00
“Tottenhem” — “Brayton” 01:00
“Liverpul” — “Vest Bromvich” 01:00
Добавить комментарий!
