» » Meizu 2018-yilning birinchi yarmida 6 ta yangi smartfonini taqdim etadi

Meizu 2018-yilning birinchi yarmida 6 ta yangi smartfonini taqdim etadi


Xitoyning Meizu kompaniyasi MediaTek bilan hamkorlikni bekor qiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Meizu qurilmalarining ko‘pchiligi shu paytgacha aynan ushbu kompaniya chiplariga asoslangan edi.

2018-yilning birinchi yarmida taqdim etiladigan smartfonlarning oltitasidan beshtasiga Qualcomm Snapdragon protsessorlari o‘rnatiladi, qolgan bittasi esa Samsung’ning Exynos protsessori bilan jihozlanadi.

Ushbu smartfon Meizu 15 Plus bo‘ladi, yubiley qurilmasini chiqarish orqali kompaniya kelasi yilda o‘zining 15 yilligini nishonlaydi. Smartfonning ilk tasvirlari allaqachon internetda tarqalib ulgurdi.

Smartfon Exynos 9810 protsessori, haqiqiy romsiz ekranga ega bo‘ladi, old panelning pastki romida selfi uchun kamera sensori va barmoq izi skaneri joylashadi.

6 Gb tezkor xotirali Meizu 15 Plus taxminan 450 dollar narxda sotiladi. Shuningdek, tezkor xotirasi 8 Gb va doimiy xotirasi 128 Gb bo‘lgan versiya ham chiqarilishi mumkin, u 530 dollardan sotiladi. Smartfon oq va qora ranglarda bo‘ladi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют