» » 99 nafar malakali shifokor xorijdan O‘zbekistonga qaytib kelgan

99 nafar malakali shifokor xorijdan O‘zbekistonga qaytib kelgan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakat tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2016-yil bilan qiyoslaganda, o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Joriy yilda oilaviy poliklinikalar 793 taga ko‘paydi. Tun-u kun faoliyati ko‘rsatadigan 793 qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, ularda tez tibbiy yordam shoxobchasi hamda kunduzgi statsionarlar ochildi. Onalar o‘limi 19 dan 18,2 ga tushdi. Sil bilan kasallanish keskin kamaydi. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hududlarga 2407 marta chiqdi, vaholanki 2016-yilda bu raqam 500 dan arang oshgan edi. O‘tgan yilda ularning xizmatidan 30 ming kishi foydalangan bo‘lsa, joriy yil ko‘rsatkich 220 mingga chiqdi. 99 nafar malakali shifokor xorijdan O‘zbekistonga qaytib kelib, endilikda o‘zbekistonliklarga xizmat qilmoqda.

Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Muhtoj fuqarolarni reabilitatsion texnik vositalar bilan ta’minlash 90 foizgacha oshirildi. Nogironlar aravalari, eshitish moslamalari kabi buyumlar bilan ta’minlash ikki hissa ortdi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish maqsadi uchun 49,3 milliard so‘m, ya’ni 2 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi.

Soha uchun kadrlar tayyorlash ishlari ko‘lami kengaymoqda. Oliy ma’lumotli shifokorlar tayyorlash uchun qabul kvotalari soni 3445 taga yetkazildi, shundan 1180 tasi maqsadli hududiy kvotadir. Klinik ordinaturada tayyorlash bo‘yicha ham kvotalar oshirildi.

Tibbiyotda xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar natijasida ixtisoslik turlari 50 tadan 126 taga ko‘paydi; soliq va bojxona imtiyozlari 2022-yilga qadar uzaytirildi; “Asaka” banki huzurida “Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etildi, xususiy tibbiyot muassasalari soni 400 taga ko‘paydi. Ayni paytda davlatga qarashli va xususiy tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi.

Davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 821 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu 2016-yildagidan 3,5 barobar ko‘pdir.

Shu bilan birga sohaga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiya miqdori oshib bormoqda. 2016-yilda 40,2 million dollar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 93,5 millionga yetdi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют