» » Shavkat Mirziyoyev: shifokorlar yetishmasligi sababli yangi tibbiyot muassasalari aholiga sifatli xizmat ko‘rsata olmayapti

Shavkat Mirziyoyev: shifokorlar yetishmasligi sababli yangi tibbiyot muassasalari aholiga sifatli xizmat ko‘rsata olmayapti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakat tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2016-yil bilan qiyoslaganda, o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin hali sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammo va kamchiliklarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta’minoti va salohiyati yetarli emasligi, ya’ni bugungi kunda mamlakatda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi zaifligi, qishloq oilaviy poliklinikalarida zarur bo‘lgan tez tibbiy yordam shoxobchalari va dorixonalar tashkil etilmagani, xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirishda tadbirkorlar ishiga to‘siq bo‘layotgan rahbarlar faoliyati tanqid qilindi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida farmon va qarorlar qabul qilinganiga qaramay, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining hududlardagi faoliyati talab darajasida tashkil etilmayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, kardiologiya, dermatovenerologiya, endokrinologiya, neyroxirurgiya kabi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xususan, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlari yetarli emasligi, joylarda zamonaviy diagnostika va davolash usullari sust tatbiq etilayotgani, kasalliklarni erta aniqlash va davolash hamda aholi o‘rtasida profilaktika ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgani muhokama qilinib, mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют