» » O‘zbekistonda Koreya Respublikasining oliy ta’lim tibbiyot muassasasi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Koreya Respublikasining oliy ta’lim tibbiyot muassasasi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakat tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2016-yil bilan qiyoslaganda, o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin hali sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.

Yig‘ilish kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018-yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator strategik vazifalar belgilab berildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy nazorat qilish va monitoringini yuritish maqsadida olti oylik ish rejasini ishlab chiqishi va uning qat’iy ijrosini ta’minlashi lozimligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bir hafta muddatda har bir hudud bo‘yicha rahbar xodimlardan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruhlarni tuzish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Ishchi guruhlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanishi va qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirishda tekshirish emas, balki joylardagi real holatni chuqur o‘rgangan holda, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish usulini ishlab chiqish va joriy etish talab etildi.

Kadrlar ta’minoti masalasi yechimi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy hokimliklar bilan birgalikda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida aniqlash, 2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

Tez tibbiy yordam tizimida dori vositalari uchun ajratilayotgan mablag‘larni 2018-yilda kamida ikki barobar oshirish va hududlar kesimida bir me’yorda moliyalashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bunda homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan perinatal xizmatni takomillashtirish, onalar, go‘daklar va bolalar o‘limini kamaytirish, tug‘ma nuqsonli va nasliy kasalliklar bilan tug‘ilishlarning oldini olish, tug‘ruq komplekslari va bolalar shifoxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va davolash maqsadida ayollar tibbiy ko‘rigini to‘laqonli tashkil etish tizimini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Xususiy tibbiyotni tizimli asosda rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berildi. Xususan, poytaxtda faoliyatini boshlagan “Akfa medlayn” xususiy tibbiyot muassasasi negizida mamlakatda xususiy tibbiyotni rivojlantirish va ularga malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-davolash markazini tashkil etish, mazkur tibbiyot markazi hamkorligida Koreya Respublikasining oliy ta’lim tibbiyot muassasasi va uning hududiy filiallarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman hokimliklariga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholining hududlarga xos kasallanish ko‘rsatkichlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tor yo‘nalishlarga ixtisoslashgan statsionar sharoitidagi hususiy tibbiyot tashkilotlarini ko‘proq tashkil etish topshirildi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют