» » O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi


Toshkentda Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avialoqani tiklashga bag‘ishlangan navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Kommersant.uz”. Kiyev va Lvov shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev Kiyev shahar ma’muriyati raisi Vitaliy Klichko bilan uchrashuvi yakunlari haqida Ukraina nashriga bergan intervyusida aytgan.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu masalaga ijobiy jihatdan yondashmoqda va bu borada murosaga kelish niyatida.

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqalar tiklanadigan bo‘lsa, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va turistik oqim oshadi, asosiysi talaba yoshlar va aholining ehtiyoji qondirilgan bo‘ladi”, – degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning bahorida ham bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют