» » Uchtepa tumanida otinoyilar uchun seminar o‘tkazildi

Uchtepa tumanida otinoyilar uchun seminar o‘tkazildi


12-dekabr kuni Uchtepa tumani “Ayollar maslahat markazi”da Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy bilim salohiyatlarini oshirish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan ushubu seminarda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv seminarida otinoyilar doimo o‘z ustida ishlab, bilim salohiyatini oshirib borishi, bunda hozirgi kunda yurtimiz ulamolari tomonidan chop etilayotgan kitoblardan foydalanishi hamda diniy idora tashabbusi bilan internetda aqoid, tajvid, tafsir, hadis, fiqh fanlaridan olib borilayotgan onlayn darslarini kuzatib borish tavsiya qilindi.

Tadbir davomida jamiyatdagi mushkulkushod, bibiseshanba kabi bid’at-xurofotlarning oldini olish bo‘yicha ham kerakli tavsiyalar berildi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют