» » Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi

Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi


Rossiya va Xitoy yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida AQSh uchun xavf tug‘diruvchi mamlakatlar qatoriga kiritiladi. Bu haqda prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp yangi strategiyani 18-dekabr kuni e’lon qiladi. Unda AQSh va uning manfaatlariga nisbatan “global xavflar”, shu jumladan, Rossiya va Xitoy kabi “revizionistik avtoritar davlatlar”, Eron va KXDR kabi “chetlatib qo‘yilgan mamlakatlar” va ekstremistik guruhlar sanab o‘tiladi, dedi Makmaster. “Bu tahdidlarning barchasi nodemokratik mamlakatlar tomonidan keltirib chiqarilmoqda”, — degan fikrni aytdi u.

Makmasterning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy “xalqaro tartib va barqarorlikni barbod qilmoqda, o‘z qo‘shnilarining suveren huquqlari hamda qonun ustuvorligini e’tibordan chetda qoldirmoqda”.

“Rossiya tomonidan bo‘layotgan tahdid yangi turdagi urushlarni, shu jumladan, kibervositalar va ko‘plab domenlardan foydalangan holda, qo‘poruvchilik faoliyati, dezinformatsiya va targ‘ibotlar kampaniyalarini o‘z ichiga oladi, bular jamiyatda nizoni keltirib chiqarish, mamlakatlarni bir-biri bilan janjallashtirib qo‘yish va ishonch borasida tanglikni keltirib chiqarish maqsadlarida amalga oshirilmoqda”, — dedi Makmaster.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют