» » Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi qo‘mitasi O‘zbekiston bilan havo qatnovi haqidagi bitim ratifikatsiyasini ma’qulladi

Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi qo‘mitasi O‘zbekiston bilan havo qatnovi haqidagi bitim ratifikatsiyasini ma’qulladi


Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Keneshi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi 12-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasining “2017-yil 6-oktabrda Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish uchun javobgarlikni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston JK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri Jamshidbek Kalilov Havo qatnovi haqidagi bitim loyihasini ishlab chiqishda asosiy mezon ikki davlat hududlari osmonidagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘lganini aytdi. Qoida bo‘yicha, bunga faqat barcha balandliklarda havo kemalari ekipajlari va kelishayotgan davlatlarning havo harakatini boshqarish xizmatlari o‘rtasida barqaror radioaloqa mavjud bo‘lgan taqdirdagina erishiladi.

Qo‘mita a’zolari taqdim etilgan Bitimni uchinchi o‘qishda ma’qulladi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют