» » Fotogalereya: Tarix darsliklariga kiritilmagan suratlar

Fotogalereya: Tarix darsliklariga kiritilmagan suratlar


AdMe har biri butun tarixni ifoda etuvchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.

“Titanik”ning yetimlari

Mishel va Edmon Navratil falokatga uchragan “Titanik” kemasi bortida bo‘lgan. Ularning otasi halok bo‘lgan va ularning qarindoshlarini topish uchun suratlari gazetalarda chop etilgan. Bolalarning asl ismini hech kim bilmagan, shu sababli ularni Lui va Lola yoki “‘Titanik’ning yetimlari” deb chaqirishgan.

Mardonavor harakat

Askarlar Birinchi jahon urushi vaqtida halok bo‘lgan millionlab otlarning hurmatiga ataylab ot ko‘rinishida saf tortgan.

Ogohlantirish

Ku-kluks-klan a’zosi qo‘liga arqon ushlab olgan holda mashinada harakatlanmoqda. Bu orqali u Mayamining saylovda ishtirok etishi kerak bo‘lgan afroamerikaliklar dahasi aholisini ogohlantirmoqda. 1939-yilning may oyi.

Kutilmagan g‘olib

1951-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi Boston marofonida marraga birinchi bo‘lib yaponiyalik Shigeki Tanaka yetib kelgan. Bundan 6 yil oldin Tanaka AQSh Harbiy-havo kuchlarining Xirosimaga tashlagan atom bomba zarbasini boshidan o‘tkazgan. Olamon yaponiyalikni marrada sukunat bilan qarshi oldi.

Prezident o‘z lavozimida vafot etdi

Chili prezidenti Salvador Alende to‘ntarish vaqtida o‘z qarorgohidan Augusto Pinochet boshchiligidagi karabinerlar bilan qochib chiqmoqda (1973-yil 11-sentabr). Prezidentning qo‘lida Fidel Kastro tomonidan sovg‘a qilingan avtomat. Biroz vaqtdan keyin Alende o‘z avtomatidan otilgan holda o‘lik topilgan.

Kuni bilan ishda yotish

Suratda XX asr boshlaridagi pichoq o‘tkirlovchilar tasvirlangan. Ular qorni bilan yotgan holda orqalarini saqlagan. It esa o‘z xo‘jayinlarining oyog‘ida yotib, ularni istigan.

Hurmat

Yaponiyalik ayollar va o‘smirlar yuk mashinasida aerodromga yo‘l olayotgan uchuvchi-kamikadzelarni kuzatmoqda. Yaponiya imperiyasi, 1945-yil.

Sovuq urush vaqtida

Astronavt Donald Sleyton va kosmonavt Aleksey Leonov “Soyuz — Apollon” Amerika—SSSR kosmik missiyasi vaqtida vazinsizlik holatida, 1975-yil 17—19-iyul. Bu sovuq urush davrida ikki mamlakat hamkorligining yorqin misoli.

Yapon samuraylari sfinks fonida, 1864-yil

“Missiya Ikeda” tarkibiga kiruvchi samuraylar guruhi sfinks fonida. 1864-yilda Ikeda Nagaoki boshchiligidagi yapon diplomatik missiyasi Parijga uyushtigan safari vaqtida Misrga tashrif buyurgan.

Ikki inqilobchi

Yuriy Gagarin Fidel Kastro quchog‘ida. Surat Monkada kazarmalariga uyushtirilgan hujumga bir yil to‘lishi munosabati bilan olingan (1961-yil 26-iyul).

Urush va tinchlik

Britaniyaning Belfastdagi (Shimoliy Irlandiya) patruli mahalliy bolalar bilan o‘ynamoqda (1981-yil). Belfast shartnomasi imzolanishiga hali 17 yil bor.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют