» » Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekistonga keldi

Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekistonga keldi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, 13-dekabr kuni Toshkentga keldi. O‘zA xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib olgan.

“Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deb yozadi O‘zA.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют