» » Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkentdagi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

O‘zAning xabar berishicha, Jeenbekov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygan.

“Buyuk davlat arbobining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, — deb yozadi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti So‘ranbay Jeenbekov 13-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga keldi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют