» » Rossiya Suriyada to‘laqonli harbiy-dengiz bazasini quradi

Rossiya Suriyada to‘laqonli harbiy-dengiz bazasini quradi


Suriyaning Tartus port-shahrida Rossiyaning to‘laqonli harbiy-dengiz bazasi tashkil etiladi. Bu haqda, Rossiya Harbiy-dengiz floti Bosh shtabi sobiq boshlig‘i admiral Viktor Kravchenkoga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“Bu Rossiya flotining O‘rtayer dengizidagi tezkor imkoniyatlarini va umuman Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mavqeini oshiradi”, — deydi Kravchenko.

Uning qayd etishicha, bungacha Tartusda Rossiyaning moddiy-texnik ta’minot shoxobchasi mavjud edi, “bu bir kichik hudud edi, uni kengaytirish orqali harbiy-dengiz bazasi tashkil etiladi”.

“Baza ancha katta hududni o‘z ichiga oladi, unda barcha turdagi muhofaza va mudofaa ko‘rinishlari bo‘ladi, unga istalgan kema — hatto birinchi rangga oid kreyserlar ham kira oladi. Ular o‘z zaxiralarini to‘ldirish, shaxsiy tarkib esa hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ladi”, — deydi Kravchenko.

“Interfaks”ning qayd etishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13-dekabr, chorshanba kuni Rossiya parlamentiga Tartusdagi Rossiya harbiy-dengiz flotining moddiy-texnik ta’minot shoxobchasi hududini kengaytirish to‘g‘risidagi Suriya—Rossiya bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritan.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют