» » Chirchiqda 13,5 mlrd so‘mga uchta 7 qavatli uy qurib bitkazildi

Chirchiqda 13,5 mlrd so‘mga uchta 7 qavatli uy qurib bitkazildi


Chirchiq shahrida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uchta 7 qavatli uy foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Yangi uylar O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017—2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bunyod etilgan.

Uylar atrofida dam olish joylari, bolalar maydonchalari, avtomobillar uchun turargoh barpo etilgan.

Shunday ko‘rkam va zamonaviy turar joyda yashashni orzu qilardik. Davlatimiz tomonidan yosh oilalarga imtiyozli kredit asosida arzon uy-joy olish, baxtli va farovon hayot kechirish uchun katta imkoniyat yaratilmoqda. Uyimizda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va isitish tizimi o‘z maromida ishlamoqda. Bunday e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

F.Bahromov, yangi uy sohiblaridan biri

O‘zAning qayd etishicha, uylarning qurilish-montaj ishlariga 13,58 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 16:14)
-2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют