» » Rossiyaning Astraxan viloyatidagi YTH oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Astraxan viloyatidagi YTH oqibatida olti kishi halok bo‘ldi


Rossiyaning Astraxan viloyatidan o‘tgan “Astraxan — Mahachqal’a” federal trassasida 13-dekabr, chorshanba kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi, jumladan, bir go‘dak halok bo‘ldi. “TASS”ning hududiy yo‘l politsiyasiga asoslanib xabar berishicha, yana uch kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avariya Moskva vaqti bilan 9:00 da, Astraxan viloyatining Ikryaninskiy tumanida yuz bergan, Hyundai Solaris avtomobili Toyota Corolla bilan to‘qnashgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toyota Corolla haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgan va Hyundai Solaris bilan oldma-old to‘qnashgan. Oqibatda olti kishi, jumladan, 1—2 yosh atrofidagi bir go‘dak halok bo‘lgan, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan”, — deyiladi politsiya bayonotida.

Hozirda qurbonlar va jabrlanuvchilarning shaxsi aniqlanmoqda. Hodisa joyida politsiya xodimlari ish olib bormoqda. Tekshiruv ishlari boshlangan, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют