» » “Isroil — terrorchi davlat!”. Erdo‘g‘on Quddusni Falastin poytaxtiga aylantirishni taklif qildi

“Isroil — terrorchi davlat!”. Erdo‘g‘on Quddusni Falastin poytaxtiga aylantirishni taklif qildi


Quddus Falastin poytaxti bo‘lmog‘i lozim. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Islom hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi favqulodda sammitida xuddi shunday taklif bilan chiqish qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan “terrorchilik harakatlari” jahon mamlakatlarini mana shunday qaror qabul qilishga undashi kerak.

AQSh, xalqaro normalarni poymol qilgani holda, Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oldi. Shahar okkupatsiya ostida ekani anglab yetish uchun unda bir necha qadam tashlash kifoya.

Isroil — bu terrorchilik mamlakati. Terrorchi-harbiylar bolalarni tutib, ularni qamoqqa tashlamoqda. Quddusni bosib olingan Falastin davlatining poytaxti deb tan olishga chaqiraman.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-dekabr kuni Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan edi. U, shuningdek, Davlat departamentiga AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish haqida ko‘rsatma berdi.

Trampning bu qarori jahonning ko‘plab yetakchilari tomonidan qoralandi. 7-dekabr kuni G‘azo sektorida nazorat o‘rnatgan HAMAS harakati Isroilga qarshi yangi isyon boshlashga chaqirdi.

Rasmiy Anqara Tramp o‘z qarorini e’lon qilishi arafasida, agar Quddus isroilliklar poytaxti sifatida tan olinadigan bo‘lsa, Isroil bilan aloqalarini uzishga va’da bergan edi.

Isroil 1949-yili, mustaqillik uchun urush yakuniga yetganidan so‘ng, Quddusni o‘z poytaxti deb e’lon qilgan. 1967-yili, Olti kunlik urushdan so‘ng, Isroil qo‘shinlari Sharqiy Quddusni egallab, uni G‘arbiysi bilan birlashtirgan, biroq BMT buni tan olmagan.

Isroil bilan diplomatik aloqalari mavjud mamlakatlar o‘z elchixonalarini asosan Quddus, Ramat-Gan va Hersliyaga joylashtiradi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют