» » Shavkat Mirziyoyev kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish haqida ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-dekabr kuni yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016—2017-yillarda ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni ro‘yxatga qo‘yish ishlari ham to‘liq yakunlanmagani jiddiy ko‘rsatib o‘tildi.

Xatlovda 1,1 million uy-joyning hujjati 15 yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta ko‘chmas mulk obyektidan 15 yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta obyekt qurilgani aniqlangan.

Biroq, kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu obyektlarning kadastr hujjatini tayyorlab, ular bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan obyektni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari to‘liq yakunlamagani qattiq ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, 15 yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan 1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani ta’kidlab o‘tildi.

Shundan kelib chiqib, bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish bo‘yicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshirish tompshirig‘i berildi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 18:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют