» » Isroil harbiylari Iordan daryosi G‘arbiy sohilida 32 falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil harbiylari Iordan daryosi G‘arbiy sohilida 32 falastinlikni qo‘lga oldi


Isroil huquq-tartibot organlari 13-dekabrga o‘tar kechasi Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi turli tumanlarda o‘tkazilgan reydlar davomida 32 falastinlikni, xususan, HAMAS harakati yetakchilaridan biri Hasan Yusufni qo‘lga oldi. Bu haqda, Isroil armiyasi matbuot xizmati bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Isroil armiyasi bayonotiga ko‘ra, armiya, chegara politsiyasi va kontrrazvedka kuchlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd davomida “terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanganlik hamda fuqarolar va askarlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlik gumoni ostida qidirilayotgan 32 falastinlik qo‘lga olingan”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish, shuningdek, Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish haqidagi qarorini e’lon qilganidan so‘ng, mintaqadagi Isroil-Falastin mojarosi yanada keskinlashdi.

Isroil harbiylari HAMAS yetakchilaridan biri Hasan Yusufni so‘nggi yillarda uchinchi bor qo‘lga olmoqda. U muqaddam 2014- va 2015-yillarda — Isroil-Falastin mojarosi ayniqsa keskinlashgan vaqtlarda qo‘lga olingan edi.

Quddusning maqomi — Falastin-Isroil mojarosidagi eng markaziy masalalardan biridir. Isroilliklar 1967-yilgi Olti kunlik urush davomida shaharning sharqiy qismini egallagan. Isroilliklar Quddusni Isroilning “yagona va bo‘linmas” poytaxti deb hisoblaydi.

O‘z navbatida, falastinliklar shaharning sharqiy qismini o‘z davlatining poytaxti etib belgilashni istaydi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют