» » Farg‘onada tez tibbiy yordam muassasalariga Hyundai reanimobillari topshirildi

Farg‘onada tez tibbiy yordam muassasalariga Hyundai reanimobillari topshirildi


Farg‘ona viloyati tuman va shaharlaridagi tez tibbiy yordam muassasalariga Hyundai rusumli 12 ta zamonaviy reanimobil topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘ini, xususan, shoshilinch tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar aholi salomatligini asrashda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

—Maxsus jihozlangan reanimobillar shoshilinch tibbiy yordam xizmati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov. — Hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani ayniqsa, olis qishloqlar aholisiga o‘z vaqtida, sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют