» » Fransiyada daydi e’tiborsiz inkassatorlardan 300 ming yevro o‘g‘irlab ketdi

Fransiyada daydi e’tiborsiz inkassatorlardan 300 ming yevro o‘g‘irlab ketdi


Parijdagi Ruassi — Sharl-de-Goll aeroportida daydi kishi inkassatorlik firmasining ofisiga kirgan va u yerdan 300 ming yevroni olib chiqib ketgan. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Aeroportda joylashgan qimmatbaho buyumlar saqlanadigan joyda signalizatsiya ishlab ketgan. U yerga yetib kelgan politsiya xodimlari eshik ochiqligini, biroq ichkarida hech kim yo‘qligini ko‘rgan.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar tekshirilganda qo‘riqlash tizimi ofisga daydi kishi kirganidan so‘ng ishlab ketgani aniqlangan. Daydi kirish eshigi yaqinida turgan chiqindi idishini titgan va eshikka suyangan, eshik esa osongina ochilgan.

Daydi ichkariga kirgan va u yerdan juda tez chiqib, ikki qop pul bilan noma’lum tomonga g‘oyib bo‘lgan.

Politsiyachilar aeroport joylashgan hudduddagi uysiz kishilarni so‘roq qilgan, biroq gumonlanuvchi bu hududda paydo bo‘lmagani aniqlangan.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют