» » AQShdagi uy hayvonlari markazi uysizlarni quvishda robot qo‘riqchilardan foydalandi

AQShdagi uy hayvonlari markazi uysizlarni quvishda robot qo‘riqchilardan foydalandi


AQShdagi uy hayvonlarini muhofaza qiluvchi markaz Knightscope K-5 nomli qo‘riqchi robotni sotib oldi. U markazda patrulni amalga oshiradi. Biroq mahalliy OAVlar robot markaz atrofini uysiz daydilardan qo‘riqlashini ma’lum qilgan, deb yozmoqda TJournal.

Markaz tomonidan ma’lum qilinishicha, uysiz daydilar ishga kelayotgan markaz xodimlariga xavf tug‘dirgan. Robotning o‘zi daydilarni quvmaydi, balki odamlar to‘plangani haqida sirena chalib, haqiqiy qo‘riqchilarni ogohlantiradi. Ta’kidlanishicha, qurilmaning ishi davomida avtomobillarning buzlishi va ofis oldidagi chodirlar soni kamaygan.

Robot qo‘riqchining faoliyatiga Uysizlarni qo‘riqlash bo‘yicha milliy markaz qarshi chiqqan. Shuningdek, San-Fransisko rasmiylari robotning ruxsatsiz jamoat yo‘llarida foydalanilganligi uchun markazni ogohlantirgan.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют