» » Amerikalik erkak o‘g‘rini portlovchi qopqon bilan qo‘rqitdi (video)

Amerikalik erkak o‘g‘rini portlovchi qopqon bilan qo‘rqitdi (video)


AQShning Takoma shahrida yashovchi erkak o‘g’rini portlovchi qopqon bilan qo‘rqitdi va ularning qochishini videoga oldi. Bu haqda Daily Mirror xabar berdi.

Jayrim Barrou yog‘och quti, patron va baliq ovi qarmog‘idan soxta jo‘natma qutisini yasagan va uni uyining oldida qoldirgan. Kuzatuv kameralari voqealarni tasvirga olgan. O‘g‘ri uyning oldiga kelib, qutini ko‘tarishga harakat qilgan. Qarmoq tortilib, patron portlagan. Qattiq portlash ovozi o‘g‘rini qo‘rqitgan va u shoshilgancha orqaga qochgan.

Barrou doimiy ravishda uyi oldidagi jo‘natmalar yo‘qolayotgani sababli qopqonni o‘ylab topgan. So‘nggi marta u buyurtma qilgan avtomobilning qimmat ehtiyot qismlari yo‘qolgan. Biroq, kameralar o‘g‘rini tasvirga olgan va bu o‘g‘irlangan buyumlarni qaytarishga yordam bergan.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют